Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida.

您所在的位置:网站首页 fe l t Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida.

Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida.

2024-07-07 14:55| 来源: 网络整理| 查看: 265

Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida. Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida. Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari va To‘liqsiz fe’l haqida.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanadigan edi, ekan, emish, emas, esa kabi to‘liqsiz fe’llar mavjud. Bulardan esa to‘liqsiz fe’li bog‘lovchiga aylangan. To‘liqsiz fe’lning edi, ekan, emish shakllari ham harakat ma’nosiga ega emas. Ular mustaqil fe’llarga qo’shilib turli ma’nolarni ifodalaydi va mustaqil fe’llarni har xil grammatik vazifalarga xoslaydi. To‘liqsiz fe’llar ot, sifat, son, olmosh kabi mustaqil so‘zlarlar bilan ham, mustaqil fe’llar bilan ham qo‘llana oladi: bog‘ edi, shular edi,besh edi, go‘zal ekan, kelgan ekan kabi.

To‘liqsiz fe’l har bir shaklining o‘ziga xos xususiyati bilan birga ularning uchalasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar ham bor: 1) to’lnqsiz fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega emas. Bu fe’llar tarixan mustaqil ma’noli bo‘lsa-da,  hozirgi paytda o’z ma’nosini yo‘qotib, yordamchi fe’lga aylangan; 2) to‘liqsiz fe’l o‘zicha harakat bildira olmasligi sababli fe’llarga xos bo‘lishsizlik, daraja, zamon kabi  ma’nolarga va bu ma’noni ifodalovchi shakllarga ega bo‘la olmaydi; 3) garchi shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe’lga qo‘shilsa-da,  ular   bildirgan  shaxs  ma’nosi  to‘liqsiz  fe’lga  emas, balki  mustaqil fe’lga tegishli bo‘ladi: xabardor ekan+man, xabardor ekan+san, bilgan edi+m, bilgan edi + ng; bilar emish+man, bilar emish+san.  Shu bois to‘liqsiz  fe’l yakka holda tuslanmaydi.

To‘liqsiz fe’l shakllaridagi birinchi tovush (e) noturg‘un, u ma’lum fonetik sharoitlarda, boshqa tovushning ta’siri bilan yoki boshqa tovushga o‘tishi yoki tushib qolishi mumkin. Bu hodisa, ayniqsa, og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi: ishlar+di, ishlar+kan, ishlar+mish; ishlagan+akan, ishlasa+ydi.

To‘liqsiz fe’l shakllari uyushiq kesimlar uchun umumiy bo‘lganda oxirgi kesim tarkibida qo‘llanadi. Bu kesimlar turli shakldagi fe’llar, shuningdek, otlar bilan ifodalanishi mumkin:  U Akmalning iztirob chekib yurganini ham bilar,  lekin Gulsum  ona  bunchalik fig‘oni  chiqib  gapirishini birinchi ko‘rishi edi. (O. Yo.)

14-§.Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra  quyidagi turlarga bo‘linadi:

1.Sodda fe’llar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub: o‘qi,kut,kel, ol  va yasama: ishla, tozala, oqar, ko‘rsat so‘zlardan tashkil topadi.

 2.Qo‘shma fe’llar ikki o‘zak morfemaning birikishidan hosil bo‘ladi va tarkiban quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi: a) ot yoki boshqa turkumga oid so‘zlar+fe’l: qaror qilmoq,   ahd  etmoq, taq  etmoq, dod demoq, bayon qilmoq; b) fe’l+fe’l: ishlab olmoq, olib chiqmoq, borib kelmoq, sotib olmoq.  Zamon va shax-son qo‘shimchalari qo‘shma fe’lning ikkinchi qismiga qo‘shiladi: borib keldim, olib chiqding kabi. Bunday qo‘shma fe’llar ikkita mustaqil ma’noli fe’lning bir umumiy ma’no doirasida birlashuvi va leksikalizatsiyasi asosida shakllanadi;

Murakkab fe’llar mustaqil va yordamchi (ko‘makchi) fe’l-larning analitik shakli asosida shakllanadi. Bunda aslida mustaqil lug‘aviy ma’noli bo‘lgan ikkinchi fe’lning grammatikalizatsiyalashu-vi sodir bo‘ladi: yuvib bo‘lmoq, ko‘rib qolmoq, bilib olmoq kabi. Juft va takroriy fe’llar. Fe’llarning juft va takroriy shakllari ham mavjud. Ular quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: Fe’lning turli ma’nolarga ega bo‘lgan analitik shaklini hosil qiladi: a) bir xil gammatik shaklga ega bo‘lib, fe’lning yetakchi ko‘makchi shaklini hosil qilib turli modal ma’nolar ifodalaydi: aytdi-qo‘ydi, yozdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi; b) qismlari turli gammatik shaklga ega bo‘lgan mustaqil fe’llar takrorlanib, harakatni ta’kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi: aytsam-aytay, borsang-bor, ketsang-ket, olsang-ol. Nutq jarayonida boshqa turkumga ko‘chgan (konversiyaga uchragan) holda ishlatiladi: a) fe’llarning juft va takorlanishi natijasida otga xos ma’no hosil qiladi: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, dedi-dedi, keldi-ketdi; b) ravishga ko‘chadi: uzul-kesil, ag‘darto’ntar, bilinar-bilinmas, bora-bora, turib-turib, ura-sura, qotib-qotib.

Mavzular.

manba



【本文地址】


今日新闻


推荐新闻


CopyRight 2018-2019 办公设备维修网 版权所有 豫ICP备15022753号-3